Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Afrika bilan diplomatik va harbiy munosabatni kengaytirayotganidan xavotir bildirdi. Davlat rahbari bu haqda Kamerun safari davomida aytib o‘tdi:
- Bu yangi shaklni men hamkorlik, deb atamagan bo‘lardim. Ayni harakat, aksincha, zaiflashgan siyosiy hokimiyat yoki mutlaqo noqonuniy harbiy xutlarga berilayotgan yordamni anglatadi. Mazkur holat birinchi navbatda Afrika qit’asini xavotirga solmoqda.
Makronning fikricha, Afrikada “ruslarning ikki xil holati mavjud. Rus diplomatiyasi o‘nlab yillar davomida ushbu qit’a davlatlari bilan aloqa qilib kelgan. Rossiya “buyuk siyosiy va harbiy kuch” sifatida tarixan Afrikaning ko‘plab davlatlari bilan iqtisodiy va ko‘pincha harbiy munosabatga ega bo‘lgan”.
Buyuk Britaniyaning “Financial Times” gazetasi Lavrovning Afrika bo‘ylab safari muvaffaqiyati G‘arb Rossiyani to‘liq ixotalashga erisha olmaganini ko‘rsatdi, deb yozdi.
Nashr ta’kidlashicha, Ukraina inqiroziga qaramay, Moskva Afrikada kuchli ta’sirini saqlab qolgan. Misr va Kongo yetakchilari Rossiya diplomatiyasi rahbariga xayrixohligini aniq bildirib qo‘ydi.