Makron Isroil - Hamas muzokarasini tiklashga chaqirdi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Isroil va Falastinning Hamas harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokarani qayta boshlashga chaqirdi. U Dohaga berilgan zarbadan keyin Amir Tamim bin Hamad Al-Tani bilan gaplashganini ta’kidladi.
- Hamas tomonidan garovga olingan barcha shaxslar ozod qilinishi va zudlik bilan o‘t ochish to‘xtatilishi bo‘yicha muzokara davom etishini istaymiz, - deb yozgan farang yetakchisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Makron Fransiya Isroilning Qatarga hujumini nomaqbul ish, deb bilishi va qoralashini bildirgan.
Netanyaxu idorasi aniqlik kiritishicha, Isroil mustaqil ravishda rejalashtirilgan va amalga oshirilgan Hamas yetakchilarini yo‘q qilish amaliyoti uchun javobgarlikni zimmasiga olganini ma’lum qildi. AQSH Prezidenti Donald Tramp mazkur harbiy amaliyotdan so‘ng Netanyaxu bilan gaplashgan va Dohaga berilgan zarbani “baxtsiz hodisa” deb atagan.
S.Rahimov, O‘zA