Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Makron haqidagi soxta xabarlar ortida kim turibdi? (+video)
19:56 / 2026-02-11

Fransiya rasmiylarining aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni Jeffri Epsteyn ishi bilan bog‘lashga qaratilgan soxta xabarlar tarqatilgan. Bu xabarlar ortida Rossiyaga aloqador tarmoqlar turishi mumkinligi aytilmoqda, deyiladi Evronews xabarida.

Gap shundaki, soxta saytda maqola e’lon qilingan. Unda, go‘yoki Makron Epsteynning Parijdagi uyida bo‘lgani va turli kechalarda qatnashgani haqida yozilgan. Ammo, bu ma’lumotlar tasdiqlanmagan va rasmiy manbalarda bunga dalillar yo‘q.

Keyinchalik shu mazmundagi videolar yana ijtimoiy tarmoqlarda keng yoyildi. Fransiya hukumati bu videolardagi ayrim hujjatlar va ovozlar sun’iy intellekt yordamida yaratilganini bildirdi. Ammo, ayrim akkauntlar negadir bu materiallarni faol tarqatgan. Mutaxassislarning fikricha, bu harakat jamoatchilik fikriga ta’sir qilish va prezident obro‘siga putur yetkazish uchun amalga oshirilgan.

AQSH tomonidan e’lon qilingan “Epsteyn hujjatlari”da Makronning ismi tilga olingan bo‘lsa-da, uning qandaydir jinoyatga aloqadorligiga ishonarli dalil yo‘q. Ko‘p hollarda uning ismi faqat uchinchi shaxslar suhbatlarida uchraydi.

Shuningdek, internetda fransuz gazetalarining soxta muqovalari ham e’lon qilingan. Lekin, bu gazetalar hech qachon Makron haqida bunday xabarlarni chop etmaganini ma’lum qilgan. Qisqacha aytganda, hozircha Makronning Epsteyn ishiga aloqadorligi haqida ishonchli dalillar mavjud emas.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mV9NqbMPfj4" title="Makron haqidagi soxta xabarlar ortida kim turibdi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA