Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Makron: AQSH Yevropani zaiflashtirish va bo‘ysundirishga urinyapti (+video)
09:31 / 2026-01-22

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Davosda bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida nutq so‘zladi. U AQSH tomonidan kelayotgan shafqatsiz raqobatni tanqid qilib, Trampning maqsadi Yevropani zaiflashtirish va bo‘ysundirish ekanini aytdi. Bu haqda Evronews xabar berdi.

Makronning aytishicha, 2025 yilda  ko‘plab urushlar yuz berdi. U bu gaplari bilan AQSH prezidenti Donald Trampga ishora qilib: “Ularning ayrimlari hal qilinganini eshitdim”, - dedi. Avvalroq,  

Makron Trampning G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashi tashabbusiga qo‘shilish taklifini rad etgan, shundan so‘ng AQSH prezidenti fransuz vinosi va shampaniga 200 foizlik boj joriy etish bilan tahdid qilgan edi.  

Yelisey saroyi Trampning bunday tarif siyosatini ochiq-oydin tanqid qildi.  

O‘tgan hafta harbiylar oldida so‘zlagan Makron 2026 yil Fransiya mudofaasi uchun sinovlar yili bo‘lishini aytdi va 2026–2030 yillar davomida qo‘shimcha harbiy xarajatlar uchun 36 milliard yevro ajratish rejalarini tasdiqladi.

“Erkin qolish uchun sendan qo‘rqishlari kerak, qo‘rqishlari uchun esa kuchli bo‘lishing shart. Bu shafqatsiz dunyoda kuchli bo‘lish uchun biz tezroq va qat’iyatliroq harakat qilishimiz kerak”,- degan Makron.                

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/dqa7mhTpPKM?si=5XD1vhYQOHi_rLRg" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA