Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Makoto Ishigaki: O‘zbekistonda yirik iqtisodiy imkoniyatlar mavjud (+video)
17:02 / 2025-12-19

Shu kunlarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tokio shahrida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston yetakchisi tashrif doirasida Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Kunchiqar o‘lkaning “Ishigaki” kompaniyasi direktori Makoto Ishigaki mazkur uchrashuvlar xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Aytish kerakki, O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuv men va kompaniyamiz vakillari uchun katta sharaf bo‘ldi. Biz yurtingizda mahalliy hamkorlar bilan biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz. Hozir O‘zbekistonda katta iqtisodiy imkoniyatlar mavjud. O‘lkangiz yaqin istiqbolda yanada taraqqiy etgan davlatga aylanishiga ishonaman.

Ushbu intervyuni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/76sOccx8h0o" title="Makoto Ishigaki: O‘zbekistonda yirik iqtisodiy imkoniyatlar mavjud" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

D.Hakimov, A.Ahmedov (video), O‘zA