Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Makkada birinchi o‘zbek taomlari restorani ochiladi
12:15 / 2023-11-24

Saudiya Arabistonida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan vatandoshimiz Xayrullo Ikromov Makka shahrida birinchi milliy taomlarimiz restoranini ochmoqchi. Bu haqda O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida aytildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, xorijda yashayotgan yurtdoshlarimiz bilan munosabatni mustahkamlash, investitsiya va sayyohlik muhiti jozibadorligini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

O‘z navbatida X.Ikromov diyorimizda kechayotgan yangiliklarni doim kuzatib borishi, ayniqsa ilm-fan, madaniyat, sport sohalarida erishilayotgan yuksak natijalar bilan doim faxrlanishini ta’kidladi.

– Ko‘p yildan beri xorijda restoran biznesi bilan shug‘ullanaman, – deydi tadbirkor. – Makkada milliy taomlarimizga mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, shaharning markaziy qismida yangi tamaddixona ochyapmiz. Restoranni “O‘zbekiston” deb nomladik.

Yangi tashkil etilayotgan majmuaga bosh oshpaz, nonvoy va boshqa xodimlarni O‘zbekistondan jalb etishga qaror qildik.

Makka shahridagi ilk “O‘zbekiston” milliy taomlar restorani 28 noyabr kuni ishga tushadi.

O‘zA