Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Majburiy ijro harakatlarida mobil videokuzatuvdan foydalanish mumkin
15:23 / 2025-03-03

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish hamda ijro ishi yuritish samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Mazkur qonun bilan fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromadni o‘rnatish, ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorning xatlangan mulkini boshlang‘ich narxdan o‘ttiz foizlik chegirma bilan sotish, shuningdek, davlat ijrochilari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy ijro harakatlarini amalga oshirishda mobil videokuzatuv vositalaridan foydalanishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qayd etilganidek, kiritilayotgan normalar sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda inson omilining kamayishiga, majburiy ijro etish tizimini yanada takomillashtirishga, odil sudlov samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.  

Qizg‘in muhokama va savol-javoblardan so‘ng qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA