Beruniy tumanida Majburiy ijro byurosi Qorqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Amaldagi konstitutsiyamizga muvofiq har kim bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlari hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egaligi, ariza, taklif va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shartligi belgilab qo‘yilgan.

Shu sababli, Majburiy ijro byurosining Qorqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ular qonunda belgilangan muddatlarda hal qilinmoqda. Xususan, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarning har birida jismoniy va yuridik shaxslarni, ularning vakillarini qabul qilish xonalari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu xonalar zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan.

Shuningdek, fuqarolarga yanada qo‘laylik yaratish maqsadida tumanlarning olis hududlarida joylashgan, shuningdek Byuro organlariga kelishga qiynaladigan shaxslarning murojaatlarini masofadan turib, onlayn-tarzda qabul qilish va ko‘rib chiqish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, tuzilgan reja-grafik asosida hududlarda bevosita boshqarma boshlig‘ining ishtirokida sayyor qabullar ham tashkillashtirilmoqda. Jumladan, joriy yilning o‘tkan 8 oyi davomida tumanlarning olis hududlarida jami 20 ta sayyor qabul tashkillashtirildi. Ularda jami 82 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, muammolari alohida nazoratga olingan holda, ko‘rib chiqilishi ta’minlandi.
Qabul davomida 21 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, ularning 10 tasi joyida hal qilingan bo‘lsa, qolgan 11 tasi alohida nazoratga olindi. Murojaatlarni qonuniy hal qilish bo‘yicha mutasaddidalarga tegishli topshiriqlar berildi.
Hozirgi kunda Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining bo‘limlari tomonidan bu boradiga ishlar davom ettirilmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri