Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Majburiy ijro byurosi Qarshida 100 oilaga muruvvat koʻrsatdi
09:01 / 2020-05-05

Mamlakatimizda karantin joriy etilgach, maʼlum vaqtdan soʻng koʻplab oilalarda turli darajada moddiy qiyinchiliklar yuzaga kelgani sir emas.


Mamlakatimizda karantin joriy etilgach, maʼlum vaqtdan soʻng koʻplab oilalarda turli darajada moddiy qiyinchiliklar yuzaga kelgani sir emas.

Ahamiyatlisi, saxovatpesha insonlar, tadbirkorlar va turli idoralar tomonidan yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, ularga koʻmak berish maqsadidagi xayriya tadbirlari xalqimizga xos bahamjihatlik, saxovatpeshalik xislatlarini yaqqol namoyon qilayotir.

Aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tadbirlariga Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari xodimlari ham oʻz hissalarini qoʻshishmoqda.

Xususan, Byuroning Qarshi tuman boʻlimi tashabbusi bilan tuman prokuraturasi hamkorlikda “Rustam qurilish invest” va “Qarshi AGNKS” MCHJlar homiyligida tumandagi 2-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar roʻyxati shakllantirilib, 100 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bundan tashqari, bir nechta oilaning kommunal toʻlovlardan boʻlgan qarzdorligi ham homiylar koʻmagi asosida toʻlab berildi.

Saxovat tadbirlari davom etmoqda.