Maishiy texnika oldi-sotdisida chuv tushib qolmang!
Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Ye.K shahardagi 8-kichik nohiya hududida joylashgan maishiy texnika do‘konlaridan biridan “SAMSUNG-40“ rusumli televizorni ikki million bir yuz oltmish besh ming so‘mga sotib olgan.
Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Ye.K shahardagi 8-kichik nohiya hududida joylashgan maishiy texnika do‘konlaridan biridan “SAMSUNG-40“ rusumli televizorni ikki million bir yuz oltmish besh ming so‘mga sotib olgan.
Iste’molchiga televizorga tegishli bo‘lgan texnik hujjatlar topshirilmagan. Biroz muddatda mahsulot yaroqsiz xolga kelgan. Shundan so‘ng, iste’molchi televizorni Chirchiq shahrida joylashgan “SAMSUNG-SENTR”ga olib borgan.
Mutaxassislar televizor sotuvdan oldin ta’mirlanganligini aytib, iste’molchining kafolat bo‘yicha televizorni ta’mirlab berish to‘g‘risidagi talabini rad etgan. Iste’molchi bu haqida bir necha marta do‘kon sotuvchilariga murojaat qilgan, ammo xaridorning shikoyatlari o‘rganilmagan.
Iste’molchi yangi televizor o‘rniga oldin birovlarga sotilgan, keyinchalik ta’mirlangan televizor sotilgan deb gumon qilib, Chirchiq shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.
Jamiyat xodimlari ushbu murojaatni atroflicha o‘rganib chiqib iste’molchining huquqlari chindan poymol bo‘lganligini aniqladi.
Do‘kon egasiga “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq tushuntirish ishlari olib borildi.
Ish yakunida iste’molchiga “SAMSUNG” yaroqsiz televizori barcha texnik hujjatlari bilan yangisiga almashtirib berildi.
4.700.000 SO‘MLIK “SMART“ TELEVIZOR SIFATSIZ EKAN
Fuqaro D.Kamolov Buxoro shahar Markaziy bozoridagi maishiy texnika do‘konidan 4.700.000 so‘m naqd pul evaziga “LG” yorlig‘i ostida ishlab chiqarilgan smart televizor xarid qildi. Xariddan mamnun iste’molchi televizorni uyga keltirib e’tibor bilan kuzatganida televizordagi kamchiliklarni payqadi. Xaridor tadbirkor tomonidan murojaatiga munosib javob ololmagach, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.
Holat federatsiya mutaxassislari tomonidan o‘rganildi va tadbirkorga iste’molchi qonuniy huquqlari tushuntirildi.
Sifatsiz televizor uchun to‘langan 4.700.000 so‘m to‘lov iste’molchiga to‘liq qaytarildi.
Yana bir murojaat iste’molchi foydasiga ijobiy hal etildi.
ISTE’MOLChINI QIYNAGAN YaNA BIR MUAMMO
Chirchiq shahrida yashovchi iste’molchi X.Sh. maishiy texnika do‘konidan “Biryusa-134“ rusumli muzlatgichni 3.200 000 so‘mga sotib oldi.
Iste’molchiga muzlatgichga tegishli bo‘lgan kafolat qog‘ozi va boshqa texnik hujjatlar topshirilgan. Qisqa fursatda muzlatgich yaroqsiz xolga kelgan. Iste’molchi bu haqida do‘kon sotuvchilariga murojaat qilgan, sotuvchi jihozni ta’mirlash uchun texnik xizmat xodimlarini jo‘natishini aytgan. Muzlatgichni texnika ustasi kelib olib ketgan. Sotuvchi va usta iste’molchini ogohlantirmay, uning ishtirokisiz muzlatgichning kompressorini yechib olganlar, o‘rniga Xitoyda ishlab chiqarilgan kompressorni o‘rnatganlar.
Iste’molchida “kompressorga hech nima bo‘lmagan, ular Rossiyada ishlab chiqarilgan motor o‘rniga Xitoy motorini qo‘ygan, barcha ehtiyot qismlarini almashtirgan” degan shubha paydo bo‘lganligi sababli Chirchiq shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.
Mazkur murojaat jamiyat xodimlari tomonidan iste’molchi va sotuvchilar ishtirokida o‘rganib chiqib, sotuvchilarning hiylasi aniqlandi va iste’molchiga do‘kon rahbariyati tomonidan yangi muzlatgich berildi.
NOSOZ TELEFON YaNGISIGA ALMAShTIRILIB BERILDI
Namangan viloyati Chortoq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Turg‘unpo‘latov Umidjon tomonidan shikoyat arizasi kelgan.
Tumandagi “Iqboljon Jamshid Akobir” MChJdan “SAMSUNG” A50 qo‘l telefonini 2 920 000 so‘mga sotib olganligi, lekin telefon 15 kun ishlatilmasdan nuqsonli bo‘lib chiqqanligi sababli MChJga borib nuqsonini bartaraf etilishini yoki yangi qo‘l telefoniga almashtirib berilishini so‘ragan. Lekin fuqaro murojaati rad etilgan.
Holat o‘rganib chiqildi, telefonni nuqsoni borligi aniqlanib, fuqaro U.Turg‘unpo‘latovga yangi “SAMSUNG A50“ qo‘l telefoniga almashtirib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari Federatsiyasi