Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulotning asosiy qismi eksportga
18:09 / 2014-10-10

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi “Shipo-teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini kengaytirdi. Endi bu yerda nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham mavsumiy kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. 

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi “Shipo-teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini kengaytirdi. Endi bu yerda nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham mavsumiy kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. 

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish, mavjudlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Joriy yilning o‘tgan davrida Sirdaryo viloyatida shu maqsadlar uchun yuz milliard so‘mdan ortiq kredit ajratildi. Natijada ko‘plab korxonalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, ishlab chiqarish sifati va samaradorligi oshdi, yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

Buni “Shipo-teks” faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Ushbu korxonaga eng zamonaviy tikuv mashinalarining keltirilishi mahsulot sifatini yanada yaxshilash, turini ko‘paytirish, o‘ndan ziyod yoshlarni ish bilan ta’minlash imkonini berdi. 

– Ayni paytda yigirma to‘rt xildagi bolalar va kattalar kiyim-kechaklari ishlab chiqarmoqdamiz, – deydi “Shipo-teks” rahbari Primqul Haydarov. – Tayyor mahsulotimizning asosiy qismi eksport qilinmoqda. Maqsadimiz – tashqi bozorda mustahkam o‘rin egallash.