Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulotlarning xavfsizlik talablari belgilanadi
09:20 / 2022-06-07

bugungi kunda amaliyotda sud tomonidan tayinlangan axloq tuzatish, ozodlikni cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish va majburiy jamoat ishlari jazolarini ijro etish kabi shartli hukm qilingan va jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat qilishni tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat mavjud emas. Bu esa huquqiy bo‘shliq va ziddiyatli vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda.

Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan probatsiya tizimining umumiy qoidalari, probatsiya xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi, nazoratdagi shaxslarning huquqiy holati, probatsiyaning probatsiya nazorati tarzidagi shaklini qo‘llash tartibi, nazoratdagi shaxslarning xulq-atvorini baholash mezonlari, probatsiyaning ijtimoiy moslashtirish tarzidagi shaklini qo‘llash tartibi, sohadagi munosabatlar tartibga solinmoqda.

Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining  yig‘ilishida deputatlar ta’kidlaganidek, mazkur qonun loyihasining amaliyotga keng joriy etilishi inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlaydi. Probatsiya nazoratidagi shaxslarda qonunga itoatkor xulq-atvorni va jamiyatda yurish-turish qoidalariga hurmat munosabatini shakllantirish, ularni ijtimoiy moslashtirish, jinoyat sodir etishning oldini olish bo‘yicha ta’sirchan, samarali tizim yaratilishiga erishiladi.

Shuningdek, yig‘ilishda “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar va xizmatlar umumiy xavfsizligini ta’minlash sohasidagi texnik reglamentlarni ishlab chiqish, qabul qilish, qo‘llash, muvofiqligini baholash va davlat tomonidan nazorat qilishdagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qonun loyihasi mahsulot xavfsizligini ta’minlash masalalarida iste’molchilar hamda mahsulotlarning xavfsizlik talablarini belgilash orqali fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, iste’molchilarni chalg‘itadigan harakatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan qonun loyihalari bo‘yicha deputatlar tomonidan partiya pozitsiyasidan kelib chiqqan holda taklif va munosabatlar bildirildi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

M.Komilova, O‘zA