O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi dekloratsiyasini hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentda:
mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimida hisobga olish;
mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olishda taqdim etiladigan hujjatlar va ma’lumotlarni shakllantirish tartibi belgilab berilgan.
Adliya vazirligi davlat xizmati axborot tizimida hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat ko‘rsatilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatadi.
Axborot tizimi orqali hisobga olingan muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalari bozor nazorati talablariga muvofiq doimiy monitoring qilib boriladi.
Bunda bozor nazorati organlari tayinlangunga qadar bozor nazorati vazifalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Reglament mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasini hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Mahsulotlarning muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasi muvofiqlik deklaratsiyasini beruvchi shaxs tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali hisobga olinadi.
O‘zA