Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulotlarning aksariyati eksportga yo‘naltiriladi
11:37 / 2025-09-13

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi xodimlari sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar va bojxona qonunchiligidagi o‘zgarishlar yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida Qo‘ng‘irot tumanidagi tuzni qayta ishlab chiqaradigan “Yuldash Alixan” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lishdi.

Loyiha qiymati 1,2 million AQSH dollarga teng bo‘lgan ushbu korxona 1 gektar yer maydoniga joylashgan. Korxona 60 ta yangi ish o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lib, yiliga 20 ming tonna tuz mahsulotini ishlab chiqarish quvvatiga ega.  

Hozirgi kunga qadar korxonani ishga tushirish maqsadida 69 tonna, qiymati 65 ming AQSH dollarlik asbob-uskuna va qo‘shimcha moslamalar Xitoydan olib kelingan. Ularga 1 milliard so‘mlik bojxona imtiyozi qo‘llanilgan.  

Bojxona xodimlari tomonidan jamiyat ishchilariga “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi tartib-tamoyillari tushintirildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish va kelgusida bu yo‘nalishni kengaytirish bo‘yicha takliflar berildi.

Korxona  o‘z mahsulotlarini asosan Turkiya, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlarga eksport qilishni rejalashtirgan.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri