Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi
15:55 / 2021-10-05

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 4 oktyabrdagi tegishli qarori bilan mhsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, eksport qiluvchi O‘zbekistonda davlat ro‘yxatiga olingan bo‘lsa, mahsulotlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bo‘lsa, mahsulotlar O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lmagan davlatlarga eksport qilinganida (Afg‘onistonga eksport qilingan va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno), mahsulotlar eksport rejimiga joylashtirilsa (5000 AQSH dollarigacha mahsulotlarning pochta jo‘natmalari orqali eksporti mustasno) kompensatsiya taqdim etiladi.  

 Eksport shartnomasida mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlari eksport qiluvchi zimmasiga yuklangan va to‘lovlar eksport qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.  

 Ariza va tegishli hujjatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda, agentlik veb-sayti orqali taqdim etiladi. Eksport qiluvchi arizasi bo‘yicha kompensatsiya berish yuzasidan qaror (xulosa) vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.  

 Hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi, hujjatlarda noto‘g‘ri, ishonchsiz ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish, joriy yil uchun ajratilgan subsidiya tugaganligi kabi holatlar kompensatsiya to‘lashni rad etishga asos bo‘ladi. Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab berilishi mumkin.  

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA