Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulotlar narxini oshirib sotayotgan 80 fuqaro faoliyatiga chek qoʻyildi
17:35 / 2020-04-09

Shunga qaramay, ayrim joylarda karantin davrida aholi talabi ortgan mahsulotlar narxini keskin oshirib sotish holatlari afsuski, uchrab turibdi.


Shu kunlarda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi natijasida karantin eʼlon qilinganligi munosabati bilan Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan oziq-ovqat va zarur tibbiy vositalar narxining sunʼiy oshirilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.

Shunga qaramay, ayrim joylarda karantin davrida aholi talabi ortgan mahsulotlar narxini keskin oshirib sotish holatlari afsuski, uchrab turibdi.

Jumladan, Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida “Asaka tuman dehqon bozori” hududida Asaka tumani Niyozbotir mahallasida yashovchi fuqaro I.B. hech qanday hujjatlarsiz, tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan 3 xildagi jami 941 kilogramm (kartoshka, piyoz, sabzi) umumiy bahosi 3 million 924 ming 500 soʻm boʻlgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotayotganligi aniqlandi.

Baliqchi tumanining Doʻngsaroy mahallasida yashovchi fuqaro M.O. tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan Chinobod dehqon bozorida kartoshkani 6 ming soʻmdan sotayotgan ekan. Unga tegishli boʻlgan 1 million 360 ming soʻmlik kartoshka mahsuloti daliliy ashyo sifatida olinib, unga savdo-sotiqni qonuniy va halol yuritish, ustama narxni insof bilan qoʻyish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shahrixonlik fuqaro A.A. ham aholining sarosimaga tushib kartoshka mahsulotiga talabi ortganligini sezib, darhol oʻzini shu mahsulot biznesiga urgan ekan. Tuman dehqon bozorida kartoshkani ulgurji olib, ustiga yuqori narx qoʻshib sotayotganda soliq xodimlari tomonidan uning faoliyatiga chek qoʻyildi. Hech qanday hujjatlarsiz sotilayotgan 360 kilogrammlik kartoshka-piyoz rasmiylashtirilib, vaqtinchalik saqlashga olindi.

– Andijon viloyati davlat soliq idoralari tomonidan karantin davrida bozorlar hamda yirik savdo komplekslarida oziq-ovqat mahsulotlariga talab kuchayganidan kelib chiqib, mahsulotlarni yuqori narxlarda sotayotgan 80 nafar fuqaroning noqonuniy tadbirkorlik faoliyatiga chek qoʻyildi, – deydi Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi boshligʻi Shohruh Egamnazarov. – Umuman, nazorat tadbirlari doirasida ana shu fuqarolarga tegishli jami 54 million soʻmlik 8 tonnadan ortiq qishloq xoʻjalik mahsulotlar vaqtinchalik olib qoʻyildi. Ularga faoliyatlarini qonuniy yoʻlga qoʻyish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sharoitida soliq idorasi xodimlari bozorlar, savdo majmualariga biriktirilgan boʻlib, ular tomonidan narx-navoning sunʼiy va asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur ishlar olib borilmoqda. Qolaversa, soha mutaxassislari tadbirkor va savdogarlar oʻrtasida insof bilan ish yuritish, narxlarni sunʼiy koʻtarib yubormaslik, qonuniy faoliyat koʻrsatishi yuzasidan ham keng koʻlamli targʻibot-tushuntirish ishlari olib bormoqda.

Bundan tashqari, soliq boshqarmasida oziq-ovqat mahsulotlari narxini keskin oshirib yuborish holatlarining oldini olish boʻyicha “Ishonch telefoni” tashkil etilgan.