Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulotlar narxi oʻsishdan qachon toʻxtaydi?
18:09 / 2020-01-20

Ayni vaqtda bu savolning javobi koʻpchilik yurtdoshlarimiz uchun qiziq, albatta.


Ayni vaqtda bu savolning javobi koʻpchilik yurtdoshlarimiz uchun qiziq, albatta. Oʻtgan yilda kuzatilgan mahsulotlar va xizmatlar narxlari tinimsiz oʻzgarishidan xavotirga tushganlar bu yilgi narx-navolardagi tebranishlarni, inflyatsiya darajasini tahlil qilishga harakat qilmoqda.

Aslida inflyatsiyani bir xonali raqamga tushirish davlatning emas, Markaziy bankning vazifasi hisoblanadi. Ayni shu vazifani bajarish uchun ham inflyatsion targetlash rejimiga oʻtilmoqda. Agar belgilanayotgan qoidalar toʻliq amalga oshsa, istisnolar boshlanib ketmasa, vazifani uddalash mumkin albatta.

– Inflyatsiya dinamikasi va prognozi 2019-yil yakunlari boʻyicha inflyatsiya prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqin darajada shakllandi va 15,2 foizni tashkil etdi, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulov. – Inflyatsiya surʼati asosan yilning ikkinchi yarmida tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi, shuningdek, 2019-yil avgust oyidagi milliy valyuta devalvatsiyasi natijasida tezlashdi. Misol uchun, un va non mahsulotlari narxi 24,8 foiz, goʻsht mahsulotlari 23,4 foiz, meva va sabzavotlar 14,5 foiz hamda yoʻlovchi transporti 13 foiz oʻsdi.

Albatta, bunda QQS yangi tartibda joriy etilgani, davlat xarajatlarini oshishi, tijorat banklarining yuqori kredit faolligi ham narxlarga maʼlum maʼnoda taʼsir qildi.

photo5273949025076358388.jpg

2020-yil uchun inflyatsiyaning bazaviy prognozini belgilangan 12-13,5 foiz darajasida saqlanib qoladi. Nega bunday qarorga keldik? Hozirda olib borayotgan kuzatishlarimizga koʻra ichki narxlarimiz qoʻshni davlatlarning narxlari bilan yaqinlashib qoldi. Misol uchun, goʻshtning bir kilogrammi bizda 48 ming 371, Rossiyada 51 ming 785, Qozogʻistonda 41 ming 895, Qirgʻizistonda 46 ming 646, Belarusda 38 ming 165 soʻm. 2020-yilda chorva ozuqa bazasining yetarli darajada boʻlishi hisobiga goʻsht narxining barqaror boʻlishi kutilmoqda.

Oʻsimlik yogʻining mamlakatimizdagi oʻrtacha narxi ham asosiy ishlab chiqaruvchilar Rossiya va Qozogʻistondagi narxlarga nisbatan sezilarli darajada qimmat. Bu esa bozorning yanada oshishini oldini oluvchi omil hisoblanadi. Guruch nisbatan arzon, lekin bu mavsumiylik taʼsiri. Agarda guruchning oʻtgan yilgi hosilini inobatga olsak, guruch narxlarida koʻp ham oʻsish kutilmayapti. Yaʼni mahsulot bahosi bitta hududda yuqori boʻlib, boshqasida past boʻlmaydi. Agarda bizda arzon boʻlsa qoʻshni davlatlarga chiqib ketadi yoki aksincha...

Toʻgʻri, tuxum, guruch, olma narxlari yuqoriroq rivojlanmoqda. Bizning tahlillarga koʻra, mahsulotlar narxi maʼlum bir darajaga kelgandan keyin u qadar katta oʻzgarishlar kuzatilmaydi. Ozgina xatarlar ham bor. Misol uchun, asosiy xarid qiladigan bozorlarimiz Rossiya, Ukraina va Belarusdagi holatni koʻradigan boʻlsak, 2019-yilda ularda bugʻdoy yetishtirish hajmi kamaydi.

Qachongacha bizda narx oshadi? Bu yil narxlar oʻsishida sekinlashish kutilmoqda. Biroq, bu prognoz tasdigʻini topishi uchun maʼlum vaqt kerak.