English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulotlar eksporti ortmoqda
16:32 / 2023-09-08

Joriy yilning 8 oyida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi mahsulotlar eksporti bo‘yicha barcha rejalarni bajardi. Metallurgiya xomashyosi bilan ta’minlash va sotish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 8 oyda 465 million 434 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilingan.

Xususan, 37 ming 736 tonna mis, 25 ming 688 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan. Shuningdek, molibden mahsulotlari (125,8%), reniy (144%) hamda kadmiy (141%) metallari eksporti rejasining bajarilishida yuqori natijalar qayd etilgan. Bundan tashqari, mis kuporosi, sulfat kislotasi, volfram, palladiy kukuni va qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida o‘sish sur’ati kuzatilgan. Kombinat mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.  

Keyingi paytlarda kombinat mahsulotlari yangi bozorlarga, xususan, Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga ham yuborilmoqda.  

A.Musayev, O‘zA muxbiri