English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulotlar birja savdolarida sotilmoqda
11:58 / 2025-01-04

Joriy yildan Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqariladigan barcha turdagi neft mahsuloti, jumladan, avtobenzin faqat birja orqali “erkin raqobat muhiti”da sotiladi. Ta’kidlashicha, aholini benzin bilan ta’minlash masalasi davlat nazoratiga olingan. Respublika aholisining avtobenzinga bo‘lgan talabini bir maromda qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan bo‘lib, buning uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan.

Bugun mamlakatning tovarlar va xizmatlar bozorida samarali raqobat muhitini paydo qilish, monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, xo‘jalik yurituvchi barcha sub’ektlarning moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlanishida teng shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.  

Ma’lumot uchun, bozor tamoyillari asosida faqat birja savdolari orqali sotiladigan yuqori likvidlik va (yoki) monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallar ro‘yxati tasdiqlangan. Bu norma monopolist korxonalar va (yoki) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga taalluqlidir. Ushbu ro‘yxatga 38 turdagi tovar va xomashyolar kiritilgan.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri