Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulot yetishtirib, keyin xaridor izlash amaliyotidan voz kechamiz
17:02 / 2021-12-15

Prezidentimizning kuni kecha imzolangan «Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, meva-sabzavotchilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Sababi dehqonga nima yetishtirish bo‘yicha buyurtma berishdan boshlab, yetishtirilgan mahsulotlarning ho‘l yoki qayta ishlangan holda savdo do‘konlariga yetkazib borishgacha bo‘lgan tizimni bitta tashkilot muvofiqlashtirishga imkon beradi.

Qaror bilan yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish borasidagi rejalar haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori Husniddin Karimov so‘zlab berdi.

– Hozirga qadar oldin mahsulot yetishtirib, keyin xaridor izlagan bo‘lsak, endi bu amaliyotidan voz kechmoqchimiz, – deydi H.Karimov. – Buning uchun ichki bozor, qayta ishlash korxonalari va xorijiy davlatlar talabini o‘rganayapmiz. O‘rganish natijasida, yetishtiriladigan mahsulot uchun ichki bozorga supermarketlar tizimi, muzlatgichli omborxonalar va qayta ishlash korxonalari bilan, eksportga esa eksportyor korxonalar va xorijiy kompaniyalar bilan fyuchers shartnomalari asosida mahsulot yetishtirishni tashkil qilish choralarini ko‘ramiz.

Meva-sabzavot mahsulotlari turini tanlashda dehqonlarning yetarlicha daromad olishiga imkon beradigan hamda har bir hududning tuproq-iqlim sharoitiga mosini tanlashga ham e’tibor qaratiladi.

Ishlarimiz samaradorligini yanada oshirish uchun esa avvalo, bog‘ va tokzorlarni qaytadan to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazib, hosildorligi past, mahsulotiga talab yuqori bo‘lmagan, eskirgan bog‘lar o‘rnida mahsulotiga talab yuqori bo‘lgan zamonaviy bog‘ va tokzorlar barpo etishga harakat qilamiz. Bu jarayonda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etishga yaroqli yer uchastkalarini tanlash va ochiq tanlovga chiqarishga ko‘maklashamiz.

Qarorda belgilangani kabi meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazib, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hamda hududlar talabidan kelib chiqqan holda yangilarini qurish choralarini ko‘rishimiz kerak bo‘ladi. Bunda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ushbu jarayonda davlat byudjetidan ajratilayotgan kreditlar doirasida tijorat banklari bilan birgalikda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi loyihalar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

O‘zA