Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulot sifati va hajmi ortmoqda (+video)
18:45 / 2023-10-10

Namangan viloyatidagi Chortoq sanatoriysi O‘zbekistonning shifo markazlaridan biri. Bunga o‘tgan asr o‘rtalarida neft koni izlovchilar tasodifan ochgan mineral tuzlarga boy shifobaxsh suv bulog‘i sabab bo‘lgan.

Bugun Chortoqda ana shu suv bilan davolovchi bir necha sihatgohlar ishlab turibdi. Shuningdek, Chortoq suvini qadoqlash “Chortoq Mineral Water” korxonasi ham faoliyat  ko‘rsatyapti. Bu yerda 2000-2500 metr yer ostidan olinayotgan suv soatiga 10 ming donadan qadoqlanib iste’molchilarga yuborilyapti. O‘tgan 2022 yilning o‘zida 30 million donadan ziyod yashil rangli shisha idishlarda suv ishlab chiqarildi.  

–Mineral suv tarkibidagi tuzlar inson organizmining bir kunlik yodga bo‘lgan ehtiyojini qoplay oladi, – deydi ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Alisher Abdullayev. – Uni Yevropa davlatlari va Amerikaga eksport qilyapmiz. Shu kunlarda Osiyo davlatlariga eksport qilish masalasi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.  

Chortoq mineral suvi O‘zbekistonning o‘zida ham xaridorgir. Shuning uchun korxona mutaxassislari ilmiy izlanishlari natijasida yana bir quduq qazildi. Yangi qadoqlash liniyasi foydalanishga topshirildi. Chortoqda  quvvatlar hajmi ortdi.  

–Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish uchun xorijdan yangi uskunalar olib keldik, – deydi bosh muhandis Ayubxon Najmiddinov. – Fransiya va Italiya texnologiyasi asosida ishlaydigan uskunalar soatiga 30 ming dona plastik idishga suv qadoqlash quvvatiga ega. Birinchi bosqichda biz, bir smenada ish tashkil etamiz. Keyingi bosqichda ikki va uch smenaga o‘tamiz.  

Xaridor ko‘nikib qolgan Chortoq suvi endi ikki xil idishda: minerallashgani yashil shisha idishda va oddiy, chanqoqbostisi esa plastik idishda qadoqlanmoqda.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/4BmnT9mmjTI?si=om1n-27K2CPVPaJK" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov,  

Elyor Olimov(video),  O‘zA