Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulot sifati – salomatlik kafolati
14:55 / 2015-12-23

Prezidentimiz rahnamoligida oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, aholi salomatligini mustahkamlash, turmush farovonligini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, aholi salomatligini mustahkamlash, turmush farovonligini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Navoiy viloyatida mikroelementlar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Non mahsulotlari tayyorlashda boyitilgan undan foydalanilayotgani aholi, ayniqsa, ona va bola salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, boyitilgan bug‘doy unida temir, rux kabi inson organizmi uchun g‘oyat foydali birikmalar bo‘lib, bu kamqonlikning oldini olish, turli kasalliklarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-maydagi “Aholi o‘rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarori asosida mamlakatimiz hududida birinchi nav bug‘doy uni va osh tuzi mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda ishlab chiqarilishi va sotilishi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-avgustdagi “2015-2020-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Navoiydonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatida birinchi nav boyitilgan un va non mahsulotlari ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilayotir.

– Aholini boyitilgan un bilan ta’minlash maqsadida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda, – deydi “Navoiydonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi Dilmurod Haydarov. – Boyitilgan un mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun 2-tegirmon sexi modernizatsiya qilindi. Sexga qariyb 2 million 460 ming dollarlik zamonaviy texnologik liniya o‘rnatildi. Natijada 2015-yilning o‘tgan davrida 36,4 ming tonna boyitilgan un ishlab chiqarildi.

Korxona tomonidan 2015-yilda 700 million so‘m evaziga aholi turar joy massivlari va ko‘p qavatli uylar atrofida zamonaviy novvoyxonalar barpo etildi. Non va non mahsulotlari ishlab chiqarish kengaydi. Korxona tasarrufidagi novvoyxonalar soni oltitaga yetdi.

Korxona tarkibida yangidan tashkil etilgan laboratoriya sinov markazi tegirmonlarga uzatilayotgan bug‘doy hamda tayyorlanayotgan unning sifatini doimiy nazorat qilib boradi.

– Unning sifati bug‘doyga bog‘liq, shu bois, avvalo, tegirmonga jo‘natiladigan bug‘doyning sifatini nazoratdan o‘tkazamiz, – deydi laboratoriya sinov markazi mudiri Shamsiddin Hotamov. – Zamonaviy uskunalar yordamida bug‘doyning to‘qligi, qattiqligi o‘rganiladi. Ishlab chiqarish jarayonida boyitilgan unga qo‘yiladigan asosiy me’yoriy talab, ya’ni bir tonna un tarkibida 120 gramm mineral aralashmasining bo‘lishi doimiy nazorat ostiga olinadi.

Muxtasar aytganda, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, xalqimiz dasturxonini yurtimizda yetishtirilgan sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, oilalarda to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillarini targ‘ib etishga qaratilayotgan ishlar aholi salomatligini asrash va turmush farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.