Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulot ko‘payib, sifati oshmoqda
13:19 / 2015-02-02

Navoiy shahridagi turli ichimliklar ishlab chiqaradigan “Erkin niyat sari” xususiy firmasida non va qandolat mahsulotlari tayyorlash ham yo‘lga qo‘yildi.


Navoiy shahridagi turli ichimliklar ishlab chiqaradigan “Erkin niyat sari” xususiy firmasida non va qandolat mahsulotlari tayyorlash ham yo‘lga qo‘yildi. 

– Prezidentimiz rahnamoligida tadbirkorlikni rivojlantirish, soha vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor faoliyatimizni kengaytirishga rag‘batlantirib, mamlakatimiz iqtisodiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida yanada ko‘proq mehnat qilishga undamoqda, – deydi “Erkin niyat sari” rahbari Shavkat Orziyev. – “Ipoteka-bank”ning viloyat filialidan olingan 150 million so‘m kredit evaziga zarur uskunalar xarid qildik. Yangi sexda kuniga 5-6 ming dona buxanka, olti xildagi shirinliklar tayyorlanmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulot shahrimiz bozorlariga yetkazib berilayotir.

Yangi sexning ishga tushishi bilan o‘n nafar yigit-qizning bandligi ta’minlandi. Kollej bitiruvchisi Dilafro‘z Aliyeva ulardan biri. 

– Bu yerda yoshlarning samarali ishlashi uchun barcha sharoit yaratilgan, – deydi Dilafro‘z. – Zamonaviy jihozlangan va uyimizga yaqin ushbu korxonada mehnat qilayotganimdan ota-onam ham juda xursand.