Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahsulot – eksportga
14:22 / 2014-08-05

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Astera tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tgan yili amalga oshirilgan investitsiya loyihasi natijasida ishlab chiqarish quvvati oshib, mahsulot sifati va mehnat unumdorligi ortdi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining erkin faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibor aholini sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlash imkoniyatini kengaytirmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Astera tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida o‘tgan yili amalga oshirilgan investitsiya loyihasi natijasida ishlab chiqarish quvvati oshib, mahsulot sifati va mehnat unumdorligi ortdi.

– Umumiy qiymati 14 million 29 ming AQSh dollari miqdoridagi loyiha amalga oshirilgach, korxonamiz yiliga 5 ming 200 tonna yuqori sifatli ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi, – deydi “Astera tekstil” MChJ rahbari Qobiljon Hayitov. – Korxonaning modernizatsiya qilinishi va zamonaviy texnologiyalarning o‘rnatilishi natijasida yaratilgan 150 yangi ish o‘rnining aksariyatini kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlar tashkil etmoqda.

Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir qismi xorijga eksport qilinmoqda. Uch yuzga yaqin kishi mehnat qilayotgan korxona jamoasi joriy yilning birinchi yarmida 316 tonnadan ziyod to‘qimachilik sanoati uchun zarur bo‘lgan mahsulotni Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa davlatlarga jo‘natdi.