Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahoratlilar Samarqandga keldi
18:56 / 2022-06-23

Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘ida tashkil etilgan Street workout maydonchasida o‘tkazilayotgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bosqichida g‘olib bo‘lgan uch yosh toifasidagi jamoalar ishtirok etmoqda.

– Ushbu musobaqa respublikamiz mahallalarining 6,5 million nafar yoshlarini qamrab oldi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi Otabek Sobitov. – Bugun ularning 240 nafari yakuniy bosqichga yetib keldi. Respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan jamoalarga pul mukofoti, shuningdek ularning mahallasida Street workout maydonchasi qurib beriladi.

– Street workout bilan har qanday joyda shug‘ullanish mumkin, – deydi samarqandlik ishtirokchi Shahobiddin Turdiyev. – Shu bois yoshlar o‘rtasida bu musobaqa qiziqish katta bo‘ldi. Quyi bosqichlarda ko‘plab yoshlar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. Bugun Respublika bosqichida ham viloyatimiz sharafini munosib himoya qilamiz.

Tadbir davomida musobaqa hakamlar hay’ati a’zolari bo‘lgan sport ustalari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA