Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahoratli “To‘maris izdoshlari”
14:36 / 2025-08-20

Olmaliq shahrida ichki ishlar organlari harbiy xizmatchi ayollar va xodimalar o‘rtasida an’anaviy “To‘maris izdoshlari” Respublika musobaqasi o‘tkazildi. Bellashuvda yurtimizning turli hududlaridan kelgan jamoalar o‘z iste’dodi, bilim va mahoratlarini namoyish etdi.

Musobaqa tanishuv, ijodiy chiqishlar, harbiy va jismoniy tayyorgarlik, bilimdonlik hamda turmush mahorati kabi qator shartlarni o‘z ichiga oldi. Har bir bosqichda qizg‘in bahs va sog‘lom raqobat kuzatilib, ishtirokchilarning tayyorgarligi va mahorati tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi. 

Alohida shartlarda ham jamoalarning ustunligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Jumladan, Navoiy viloyati IIB jamoasi quroldan o‘q otishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV esa suzish shartida yetakchilik qildi. Xorazm viloyati IIB jamoasi “Epchil, tejamkor va orasta beka” yo‘nalishida, Qashqadaryo viloyati IIB esa bilimdonlikda alohida ajralib turdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, IIV Akademiyasi mutlaq g‘olib deb topildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV ikkinchi o‘rinni, Qashqadaryo viloyati IIB va Toshkent viloyati IIBB jamoalari uchinchi o‘rinni egalladi. 

“To‘maris izdoshlari” musobaqasi xotin-qizlarning kasbiy va shaxsiy mahoratini oshirish, sog‘lom raqobatni kuchaytirish hamda ularning ichki ishlar organlaridagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

A.Musayev, O‘zA.