Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahoratli murabbiya
17:10 / 2017-03-07

Samarqand shahridagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1 ming 300 dan ziyod o‘g‘il-qiz badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, sport akrobatikasi va trampolin sporti bilan zamonaviy sharoitlarda shug‘ullanmoqda.

Valeriya Grudnyak 2005-yildan buyon ushbu maktabda yoshlarga badiiy gimnastika sirlarini puxta o‘rgatib kelayotgan mahoratli murabbiyalardan. Uning shogirdlari orasidan turli yosh toifasida sakkiz nafar O‘zbekiston chempioni yetishib chiqqan. 2016-yili mamlakat chempionatida sport ustasi talabini bajargan Kseniya Aleksandrova ham uning qo‘li ostida mahorat oshirgan.