Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahoratli muallima
19:11 / 2016-09-19

Qoraqalpog‘istonlik Rayhon Abdullayeva maktab ostonasiga qadam qo‘ygan jajji o‘g‘il-qizlarga boshlang‘ich ta’limdan saboq beradi.

Qoraqalpog‘istonlik Rayhon Abdullayeva maktab ostonasiga qadam qo‘ygan jajji o‘g‘il-qizlarga boshlang‘ich ta’limdan saboq beradi.

U Amudaryo tumanidagi 2-umumta’lim maktabida 1999-yildan buyon samarali mehnat qilib kelmoqda. O‘quvchilarga harf tanitish, ularning intellektual qobiliyatini o‘stirishda yangicha pedagogik uslublardan keng foydalanadi.

– Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida o‘qish va o‘qitish jarayoni tubdan takomillashdi, – deydi R.Abdullayeva. – Yosh avlod zamonaviy sharoitlarda, hech kimdan kam bo‘lmagan holda puxta bilim egallamoqda.