Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahoratli futbolchilarni tayyorlashda infratuzilma muhim
11:33 / 2023-06-23

Hududlarda millionlar o‘yinining ommaviyligini oshirish, bolalar-o‘smirlar futbolining rivojini ta’minlash iqtidorli yoshlarning yetishib chiqishiga zamin yaratadi.

Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va kelgusi rejalarni muhokama qilish muhim vazifalardan biri.  

Qashqadaryo viloyatida futbolni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish Qarshidagi “Sevinch” ayollar futbol maktabidan boshlandi.    

Futbol maktabining ochilish marosimi hamda yosh futbolchilar uchun o‘tkazib kelinayotgan “FIFA womenʼs football campaign” festivali o‘tkazildi.    

Keng jamoatchilik vakillari qatnashgan futbol bayramida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov yosh iqtidor egalari bilan dildan suhbatlashdi. Xalqaro futbolning texnik-taktik yo‘nalishlari, yetuk futbolchi bo‘lishda mahorat bilan birga bilim, ko‘nikma, xalqaro qoidalarni mukammal egallash lozimligi borasida yoshlarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Yaqin kelajakda mazkur maktab tarbiyalanuvchilari orasidan yurtimiz sha’nini munosib himoya qiladigan kuchli futbolchilar yetishib chiqishiga tilak bildirdi.    

Shuningdek, Kasbi tumanidagi bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasining ish faoliyati, futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishuv asnosida futbol dargohining infratuzilmasi tahlil etildi. Kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi. Mahoratli futbolchilarni tayyorlash borasida zarur tavsiyalar aytib o‘tildi.  

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari mahoratli futbolchilarni yetishtirishda Qashqadaryo futbolining salohiyati yurtimizda alohida o‘rin tutishini bildirdi. Mavjud futbol maydonlari holatini yaxshilash, yosh futbolchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilandi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida mutasaddilarga aniq vazifalar yuklandi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA