Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahoratli dzyudochilarni tayyorlashda Fransiya tajribasi qo‘llaniladi
10:59 / 2026-02-12

Bu haqda "Paris Grand Slam 2026" turniri doirasida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov va Fransiya dzyudo federatsiyasi prezidenti Stefan Nomi o‘rtasidagi uchrashuvda aytib o‘tildi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar imzolangan hamkorlik memorandumi doirasidagi ikki davlat federatsiyalari munosabatlarining hozirgi holatiga baho berib, uni yanada mustahkamlash, xalqaro raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan loyihalarni yanada izchil rivojlantirish masalalari tahlil etildi.

Fransuz dzyudo modelining ilg‘or tamoyillarini, ta’lim tizimiga dzyudo elementlarini joriy etish, fransiyalik malakali mutaxassislarni mamlakatimizda mashg‘ulot olib borishga keng jalb qilish kabi bir qator tashabbuslar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

Uchrashuv yakunida mahoratli dzyudochilarni tayyorlashda Fransiya –O‘zbekiston hamkorligi alohida ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA