Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahoratli avtomobilsozlar tanlovi
18:04 / 2015-05-06

Samarqand avtomobilsozlik kollejida Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan “ISUZU” shassisi asosida harakatlanuvchi transport vositalarini texnik ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar o‘rtasida “Avtomexanik – 2015” texnik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand avtomobilsozlik kollejida Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan “ISUZU” shassisi asosida harakatlanuvchi transport vositalarini texnik ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar o‘rtasida “Avtomexanik – 2015” texnik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

“SamAvto” dilerlik tarmoqlari xizmat ko‘rsatish stansiyalari avtomexaniklarining mahoratini oshirish hamda joriy yil noyabr oyida Yaponiyada o‘tkaziladigan ISUZU I-1 Grand-Prix nufuzli xalqaro texnik musobaqasida ishtirok etadigan O‘zbekiston jamoasi tarkibini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda zavodning yurtimizdagi 14 dilerlik markazi va korxona ishchilaridan iborat jamoalar qatnashdi.

–Har yili Yaponiyada an’anaviy o‘tkaziladigan mazkur musobaqada o‘tgan yil zavodimizning uch nafar mutaxassisi muvaffaqiyatli qatnashib, uchinchi o‘rinni egallagan edi, – deydi Samarqand avtomobil zavodi avtomobil yig‘ish kompleksi boshlig‘i Shodixo‘ja Abulqosimov. – Shuning uchun bu yil tanlovga qiziqish yanada ortib, ishirokchi jamoalar safi kengaydi. Tanlov shartlari, odatdagidek, nazariy va amaliy qismlarga bo‘lindi. Nazariy (yozma) shartlar qismida faqat ikki nafar avtomexanik ishtirok etib, ular 75 daqiqa ichida 25 savolga javob berishi lozim edi. Amaliy shart esa uch bosqich, ya’ni avtomobilni ko‘zdan kechirish, dvigatelni ta’mirlash va nosozliklarni bartaraf etishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar zavodimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, yuk tashish va maxsus avtomobillar bo‘yicha bilim va mahoratini ko‘rikdan o‘tkazdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, A.Hubbimov, J.Babatov va S.Norxo‘jayevdan iborat Samarqand avtomobil zavodi mutaxassislari jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. “AvtoZAZ” mas’uliyati cheklangan jamiyati Samarqand dilerlik markazi vakillari ikkinchi va Namangandan kelgan “NamAvto Universal Trans Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati dilerlik markazi mutaxassislari uchinchi o‘rinni egalladi.

Tadbir tashkilotchilarining qayd etishicha, bu kabi texnik musobaqalar mexaniklarning professionallik darajasini oshiribgina qolmay, Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan mahsulotga yuqori sifatli texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini ham kengaytiradi.