Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahorat saboqlari
16:21 / 2015-04-15

Poytaxtimizdagi 23- va 30-Mehribonlik uylarida xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilar ishtirokida badiiy gimnastika bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tkazildi.

Poytaxtimizdagi 23- va 30-Mehribonlik uylarida xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sportchilar ishtirokida badiiy gimnastika bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tkazildi.

Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirlardan ko‘zlangan maqsad Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar, xususan, qizlarda badiiy gimnastikaga qiziqish uyg‘otishdan iborat.

Nufuzli xalqaro turnirlar, qit’a chempionatlari, Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari Jamila Rahmatova, Zamira Sanaqulova va Maya Filippova namoyish etgan mashqlar tarbiyalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Bolalarning sportga ishtiyoqi va mashqlarni to‘g‘ri bajarishga astoydil harakat qilishi meni quvontirdi, – deydi XVII Osiyo o‘yinlari g‘olibi Jamila Rahmatova. – Qizlarning mustaqil hayotga sog‘lom bo‘lib qadam qo‘yishida sportning, ayniqsa, badiiy gimnastikaning o‘rni beqiyosdir.

Mahorat saboqlarida faol qatnashgan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.