Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahorat darslari samarali bo‘lmoqda
16:31 / 2021-05-29

Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi joylarda hududlararo mahorat darslari va uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tdi. Unda  O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Haitov, viloyat kengashi raisi A.Eshmatov Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent, Samarqand viloyatlaridan kelgan namunali va tajribali tomorqachilar bilan birgalikda Sh.Rashidov tumanidagi bir qator xo‘jaliklar faoliyati bilan tanishdi. Xususan,  "Gulchi opa tomorqa xizmatlari" MCHJda tashkil etilgan tomorqachilikni rivojlantirish o‘quv markazi faoliyati ularda qiziqish uyg‘otdi.  

Ishtirokchilar o‘quv markazida parrandachilik, bedanachilik, quyonchilik, chorvachilik va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish borasidagi tajriba bilan tanishdi.

Markaz xodimlari tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha qiziquvchilarni o‘qitish va boshqa viloyatlarning namunali dehqon va tomorqa yer egalari bilan doim tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.  

Barcha savollarga  o‘quv markazi va "Gulchi opa tomorqa xizmatlari" MCHJ rahbari Sh.Noriyeva va markazning malakali xodimlari javob berdi.

O‘quv markazida yig‘ilganlar ushbu uchrashuvdan so‘ng Sh.Rashidov tumanida "Obod mahalla" dasturiga tushgan Nonisangil mahallasining namunali  xonadonlarida ham bo‘ldi.  

Farg‘ona viloyatining namunali tomorqachilari so‘zga chiqib, uzumchilikni rivojlantirish uchun o‘quv markazi tashkil etilsa, bilim va ko‘nikmalarini o‘rgatishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu taklifni Sh.Rashidov tumani hokimi qo‘llab-quvvatlab, buning uchun 2 gektar yer maydoni ajratib beradigan bo‘ldi. Samarqand va Farg‘ona viloyati vakillari o‘zlari olib kelgan kafolatli ko‘chatlar ekilishini amalda ko‘rsatib berdi.

Qayd etish kerakki, mahorat darslariga tuman kengashi raislari "Tomorqa xizmati" MCHJlar, dehqon xo‘jaligi raxbarlari, tomorqa yer egalari va mahalla faollari ishtirok etmoqda.

O‘zA.