Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahmudxo‘ja Behbudiyning tashkilotchilik faoliyati va "Oltoy" jamiyati (+video)
15:18 / 2026-02-08

"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiyning tashkilotchilik faoliyati va "Oltoy" jamiyati bilan bog‘liq ma’lumotlar batafsil yoritiladi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr boshidagi jadidchilik harakatining yirik tashkilotchisi, ma’rifatparvar va siyosiy arbob sifatida Samarqandda kutubxona, teatr va "Oltoy" jamiyati kabi ilmiy-ma’rifiy tuzilmalarni tashkil etgan. Uning "Oltoy" jamiyati milliy davlatchilikni tiklash, xalqni ma’rifatli qilish va kutubxonachilik ishlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ziyolilarni birlashtiruvchi markaz bo‘lgan. 

"Oltoy" jamiyati Samarqandda Behbudiy tashabbusi bilan tashkil etilib, ilmiy, adabiy va madaniy ishlarni tashkil etish, kutubxonalar ochish va milliy tiklanish harakatini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullangan.

Behbudiy o‘z faoliyatida kutubxonalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratgan, buni xalqning ma’naviy yuksalishi uchun zarur deb bilgan. Behbudiy nafaqat nazariyotchi, balki amaliy tashkilotchi sifatida ham milliy maktab, matbuot va kutubxonachilik ishlarini rivojlantirishda faol ishtirok etgan.

Batafsil:

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0G7yO7cDiS0" title="Mahmudxo`ja Behbudiyning tashkilotchilik faoliyati va &quot;Oltoy&quot; jamiyati " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA