"Jadidchilar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida o‘z davrining ulug‘ shoir, yozuvchi, pedagog, publitsist va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijtimoiy qarashlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.
Behbudiy millat o‘zini anglagandagina ijtimoiy-siyosiy masalalarni boshqalar bilan teng muhokama eta oladi, degan fikrda bo‘ldi. Shuning uchun ham tarixga alohida e’tibor berdi.
Umuman Behbudiyning publitsist sifatida faoliyati adib iste’dodini juda yorqin bir qirrasini tashkil etadi. U o‘z umri davomida yuzlab maqolalar yozdi. O‘zining Millat va Vatan, jamiyat va axloq haqidagi fikrlarini ko‘proq maqola va chiqishlarida ifoda etdi. Ba’zilar uning maqolalari 200, boshqalar 300 deb belgilaydilar. Uning barcha maqolalari aniqlab chiqilmagan. Muhimi shundaki, u XX asr boshidagi Turkistonning yirik siyosiy arbobi edi. Uning Millat va Vatan taqdiri haqidagi barcha qarashlari, avval, mana shu maqolalarida aks etgan edi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uzvHwzBoPgw" title="Mahmudxo`ja Behbudiyning ijtimoiy qarashlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhay Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA