Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi (+video)
16:44 / 2025-05-28

Turkiston jadidchiligining asoschisi, ma’rifatparvar, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy ma’naviy jasorat sohibi sifatida o‘chmas iz qoldirgan.

Uning ma’rifatparvarlik va ma’naviyat targ‘ibotchisi sifatidagi g‘oyaviy qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Shu nuqtai nazardan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda u qoldirgan boy ma’naviy merosni o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida joylarda qator tadbirlar tashkil etilmoqda.  

Jumladan, Milliy gvardiya bo‘linmalarida Behbudiy tavalludining 150 yilligini munosib nishonlash maqsadida uning hayotiga oid ijodiy uchrashuvlar, adabiy kechalar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Poytaxtimizdagi "Turon" axborot- kutubxona markazida o‘tkazilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusidagi insholar tanlovi ham shular jumlasidandir.

O‘tkazilgan insholar tanlovida ishtirok etgan Jamoat xavfsizligi universiteti kursant va talabalari, "Temurbeklar maktabi" hamda Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchi-yoshlari Mahmudxo‘ja Behbudiyning amalga oshirgan ulkan ishlari, qoldirgan boy ma’naviy va ma’rifiy merosini yana bir bor eslagan holda o‘zlari uchun ulkan saboq olishdi.  

Tanlovda insholarni yozish uchun hakamlar tomonidan bir soat vaqt berildi. Insholar yozib topshirilgandan so‘ng, "Turon" axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishtirildi va muzeyga ekskursiya tashkil etildi.  

Hakamlar hay’ati tomonidan insholar baholangandan so‘ng g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli solistlari tomonidan jadidlar hayotiga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JnwZnEzzWeQ" title="“Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, O‘zA