Buxoro viloyati Romitan tumani Gazli shahridagi 36-sonli umumta’lim maktabida “Mahmudxo‘ja Behbudiy – millat uyg‘otuvchisi” mavzusida ilmiy-ma’rifiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi yosh avlod ongida milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, Behbudiy hayoti va faoliyati orqali jadidchilik harakatining tarixiy ahamiyatini ochib berishdan iboratdir.

Tadbirda maktab rahbariyati, tarix, ona tili va ingliz tili fani o‘qituvchilari, mahalla faollari, shuningdek, soha mutaxassislari va mehmonlar ishtirok etdi.

Konferensiya Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot yo‘li, jadid maktablari tashkil etishdagi faoliyati, matbuot va teatr orqali millatni uyg‘otish borasidagi sa’y-harakatlari keng yoritildi. Ayniqsa, uning “Padarkush” asari orqali jaholat va ilmsizlik oqibatlarini ochib bergani ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Tadbir doirasida o‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari badiiy chiqishlar namoyish etildi. Konferensiyada ishtirokchilari o‘z so‘zlarida, bunday ilmiy-ma’rifiy tadbirlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati katta ekanini ta’kidladi hamda tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.