Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahmudxo‘ja Behbudiy – Jadidchilik milliy harakati yetakchisi (+video)
13:57 / 2026-01-31

Fanlar akademiyasi Tarix institutida “Mahmudxo‘ja Behbudiy – Jadidchilik milliy harakati yetakchisi” umummilliy ilmiy yig‘ini o‘tkazildi. Unda millat oydinlari, Tarix institutining ilmiy xodimlari, tinglovchilar, qiziquvchilar, gazetchi-jurnalchilar qatnashdilar.

Tadbirlar davomida jadidchilik milliy harakati yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirilayotgani, umummilliy va ellararo ilmiy yig‘inlar o‘tkazilayotgani haqida to‘xtalib, hali qilinishi kerak bo‘lgan tadqiqotlar hamda izlanishlar haqida fikr bildirildi.

Shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, ularda yoritilgan masalalar haqida to‘xtalib, Behbudiy shaxsi va ilmiy merosi olimlar tomonidan to‘liq o‘rganilmaganini qayd etildi. Behbudiyning asarlari orqali Turkistondagi aholi soni, etnik tarkibi, ijtimoiy qatlamlar, ahvoli, ijtimoiy himoya tizimi, ta’lim, sog‘liqni saqlash ishlari, shuningdek imperiyaning Turkistonga yuritgan ijtimoiy siyosatining oqibatlari haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Behbudiyning banklar faoliyati, qarzdorlik, sanoat korxonalarning kirib kelishi, turkistonlik tadbirkorlar va ishbilarmonlarning iqtisodiy hayotda tutgan o‘rni, ocharchilik masalalarini hal qilishdagi xizmatlarini tahlil qilindi. 

Tadbir so‘ngida olimlarning chiqishlari bo‘yicha yig‘ilganlarning fikrlari tinglandi va bu kabi umummilliy yig‘inlarning muntazam o‘tkazilishi zaruratga aylanishiga alohida urg‘u berildi.

Batafsil:

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SLqzR5JaMVA" title="Mahmudxo`ja Behbudiy – Jadidchilik milliy harakati etakchisi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA