Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatiga chizgilar (+video)
14:51 / 2024-02-02

O‘zbekiston davlat arxivlarida izlanishlar olib borayotgan respublikaning yetakchi olimlari jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Behbudiyning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq ko‘plab hujjatlarni o‘rganishmoqda.

Mazkur tadqiqotlar natijasida uning hayoti va siyosiy faoliyatiga oid yangi ma’lumotlar ham birin-ketin yuzaga chiqmoqda.

Mahmudxo‘ja Behbudiy zamondoshlari orasida o‘zining kuchli ilmi bilan ajralib turgan, bir nechta tillarni bilgan. U juda yoshligidan dunyo kezishni boshlagan va jahonning bir qator mamlakatlarida, jumladan Misr, Shom davlatlari, Jazoir, Turkiya va Rossiyaning bir necha shaharlarida bo‘lib, Yevropa madaniyati bilan ham qiziqadi. Qozon va Orenburgda chiqadigan arab imlosidagi gazeta va jurnallar bilan hamkorlik qiladi, uning maqolalari mazkur nashrlarda chiqa boshlaydi. Maktab, maorif, madaniyat, ma’rifatparvarlik g‘oyalarining targ‘iboti ushbu maqolalarning markazida turardi. Ushbu safarlar chog‘ida, ya’ni Qrimda bo‘lgan payti Behbudiy jadidchilik g‘oyasining asoschisi, Rossiya va qrim-tatar musulmonlarining yirik mutafakkiri Ismoil G‘aspirali bilan tanishadi. Bularning hammasi uning siyosiy qarashlariga, tafakkuriga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Jadidchilik g‘oyasining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori o‘rinbosari Dilnoza Jamolova suhbatlashdik.

<iframe width="990" height="557" src="https://www.youtube.com/embed/YRAgYeEXHE4" title="Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyatiga chizgilar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov, A.Ahmedov (video), O‘zA