Mahmudbek Beknazarov xalqaro turnir finalida
Qozog‘istonda o‘smirlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan “J60 Karaganda” turniri o‘tkazilmoqda. Unda Mahmudbek Beknazarov juftlik bellashuvlari finaliga yo‘llanma oldi.
Mahmudbek Beknazarov juftlik bellashuvlarida qozog‘istonlik Yunus Zulfar bilan tandem hosil qildi. Chorak finalda Mahmudbek va Yunus neytral tennischilar Vadim Liashenko va Ilya Kryukovni 6:2, 6:4 hisobida yenggan bo‘lsa, yarim finalda Damir Duisengazin hamda rossiyalik Arseniy Lesniak ustidan 6:2, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, Mahmudbek va Yunus nufuzli turnir bosh sovrini uchun o‘tadigan o‘yinda mezbonlar vakili O‘ljas Yessenali va neytral tennischi Amir Gaisin duetiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA