Mahmudbek Beknazarov qozog‘istonlik muxlislarni lol qoldirmoqda
Qozog‘istonda o‘smirlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan “J60 Karaganda” turniri o‘tkazilmoqda. Unda mamlakatimiz vakili sifatida Mahmudbek Beknazarov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Umidli tennischimiz yakkalik bahslarning ilk bosqichida mezbonlar vakili Iskander Murat ustidan 7:5, 6:2 hisobida zafar quchdi va chorak final ostonasida neytral tennischi bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, Mahmudbek Beknazarov juftlik bellashuvlarida qozog‘istonlik Yunus Zulfar bilan tandem hosil qilib birinchi davrada mezbonlar Ley Klimov va Aleksandr Sofrigin duetini 6:3, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi chorak finalda Mahmudbek va Yunus neytral tennischilar Vadim Liashenko va Ilya Kryukovga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA