Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahmudbek Beknazarov – “J60 Karaganda” chempioni
10:17 / 2025-12-01

Qozog‘istonda o‘smirlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “J60 Karaganda” turnirida Mahmudbek Beknazarov bosh sovrinni qo‘lga kirtidi.

Mahmudbek Beknazarov juftlik bellashuvlarida qozog‘istonlik Yunus Zulfar bilan tandem hosil qildi va yarim finalda Damir Duisengazin hamda rossiyalik Arseniy Lesniakni mag‘lubyatga uchratgan holda final bosqichiga chiqdi.

Nufuzli musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi uchrashuvida Mahmudbek va Yunus mezbonlar vakili O‘ljas Yessenali va neytral tennischi Amir Gaisin duetiga qarshi kortga chiqdi va 7:5, 6:1 hisobida muvaffaqiyatga erishib, bosh sovrin sohibiga aylandi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA