Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahmud-ul-Hassan Xon: SHHT Samarqand sammiti muvaffaqiyatli va samarali o‘tdi.
19:25 / 2022-09-29

Samarqand sammiti yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Pokistondagi Janubiy Osiyo va xalqaro tadqiqotlar markazi direktori Mahmud-ul-Hassan Xon ham o‘z fikrlarini bildirarkan, mamlakatimizning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida ishlab chiqilgan aniq rejalari to‘la amalga oshganini e’tirof etdi.

Pokistonlik ekspert ta’kidicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida tashkilot faoliyatini kelgusida yanada takomillashtirish, a’zo davlatlar hamkorligida iqtisodiy yo‘nalishlarni rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha qator o‘ta muhim strategik takliflarni ilgari surdi.

- Xususan, O‘zbekiston yetakchisi barqaror sanoat va texnologiya hamkorligini ta’minlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, SHHT doirasida yangi iqtisodiy muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali savdoni rag‘batlantirish zarurligini alohida ta’kidladi, - dedi Mahmud-ul-Hassan Xon.

Ekspert, aqniqsa, kooperatsiyani yanada chuqurlashtirish va savdoni rag‘batlantirish uchun Shavkat Mirziyoyev bildirgan SHHT mamlakatlari maxsus iqtisodiy hududlari Alyansini tashkil etish taklifini olqishladi. Uning fikricha, bu g‘oya SHHTga a’zo mamlakatlarda to‘plangan ilg‘or tajribadan barcha birdek foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari Prezidentimizning SHHT uchun muhim va ustuvor yo‘nalish bo‘lgan Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish hamda ushbu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklash yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish bo‘yicha bergan bayonoti Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash uchun juda muhim hisoblanadi. Zero, Afg‘oniston ikki mintaqani bog‘lovchi muhim ko‘prik vazifasini bajaradi.

– Shu nuqtai nazardan Shavkat Mirziyoyevning Termizda Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus gumanitar jamg‘arma ta’sis etish bo‘yicha ilgari surgan taklifi o‘ta dolzarb, – dedi pokistonlik mutaxassis.

O‘zA