Mahmud Murodov chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi
Chexiyaning Praga shahrida MMA bo‘yicha «Oktagon 72» turnirining «co-main event» jangida hamyurtimiz Mahmud Murodov ishtirok etib, katta muvaffaqiyatga erishdi.
Mahmudga mazkur jangda mezbonlar vakili Patrik Kinsll qarshilik ko‘rsatdi. O‘rta vazn toifasidagi «Oktagon Interim» kamari uchun kechgan ushbu bellashuv to‘liq davom etdi. Bellashuvda M.Murodov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi.


Ushbu g‘alabadan so‘ng Mahmud Murodovning janglari 37 taga yetdi va undagi g‘alabalar esa 29 tani tashkil qildi. Shu tariqa, sportchimiz o‘rta vazn toifasida «Oktagon» promoushenining vaqtinchalik chempioniga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA