Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahmud Abbos: Agar AQSH xohlasa, Isroilni to‘xtata oladi
15:17 / 2023-12-28

Ramallah qamaldagi G‘azo sektoriga hujumlarni to‘liq to‘xtatishni, insonparvarlik yordamini yetkazib berishni va anklav aholisini ota-bobolari yerlaridan quvib chiqarishga urinishlarni to‘xtatishni talab qilmoqda.

Bu haqda Falastin prezidenti Mahmud Abbos «On TV» telekanaliga bergan intervyusida aytgan. U Falastinning G‘azo sektorini jangovar harakatlar tugaganidan keyin nazorat ostiga olishi uchun bajarilishi kerak bo‘lgan shartlar haqida gapirdi. 

Falastin ma’muriyati birlashgan Falastin davlati sifatida G‘azo, G‘arbiy Sohil va Quddus oldidagi majburiyatlarini bajarishga tayyor, biroq Isroil o‘z qo‘shinlarini eksklavdan olib chiqsagina, dedi Falastin rahbari.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Falastin G‘azodagi aholi ehtiyojlari va muassasalar faoliyati uchun oyiga 140 million dollar ajratadi.

“Isroil shu yerda qolib, Falastin hududining qismlarini yirtib tashlamoqchi. Ammo dunyo buni qabul qilmaydi. Nazariy jihatdan, Qo‘shma Shtatlar ham bunga qarshi», - deya davom etdi prezident.

Abbosning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar agar xohlasa, G‘azo sektorida minglab falastinlikni shafqasizlarcha o‘ldirishda davom etayotgan Isroilni to‘xtata oladi.

“Amerikaliklar Isroil ularni tinglamaydi, deyishadi. Biz ularga ishonmaymiz. G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar sayyoramizning hech bir joyida sodir bo‘lmagan. Bo‘layotgan voqea 1948 yilgi Nakbadan ham fojialiroq. “G‘azoda yangi hayot boshlash uchun o‘nlab milliard dollar kerak», - dedi prezident. – Ammo umidlar hali tugamagan va G‘azo sektori "o‘rnidan turdi", avvalgidan ham yaxshiroq bo‘ladi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA