Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahkumni jazodan ozod etish uchun pora olgan fuqaro ushlandi
12:22 / 2022-01-28

Qoraqalpog‘iston Respublikasida manzil koloniyasidagi fuqaroning jazo muddatini barvaqt tugatib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan A.ning ishonchiga kirib, uning jazo muddatini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali barvaqt tugatib berish evaziga 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA