Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuv xonalari tashkil etildi
10:42 / 2024-09-12

Ombudsman tavsiyasiga ko‘ra, Buxorodagi tergov hibsxonasida mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga qisqa muddatli va uzoq muddatli uchrashuv huquqi berilgan. Amaldagi tartibga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar yil davomida yaqin qarindoshlari bilan 6 marta qisqa va 6 marta uzoq muddatli uchrashuvlardan foydalanishlari mumkin.  

Ba’zi mahkumlar jazo muddatini xo‘jalik ishlariga jalb qilingan holda tergov hibsxonalarida o‘taydi. Lekin, barcha tergov hibsxonalarida ham uzoq muddatli uchrashuvlar uchun zarur sharoitlar yaratilmagan.  

– Buxoro shahrida joylashgan 4-son tergov hibsxonasida o‘tkazilgan monitoringda aynan shu holat aniqlandi, – deydi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili A.Xuseynova. – Shundan so‘ng, mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalarini tashkil etish bo‘yicha Ombudsman tavsiyalari tayyorlanib, tegishli idoralarga kiritilgan edi. Natijada tergov hibsxonasida mahkumlar uchun uzoq muddatli uchrashuv xonalari tashkil etildi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.