Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahkumlar shartli ravishda ozod qilindi
19:03 / 2022-10-26

Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, fuqarolar tomonidan yo‘llanayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqib, qonuniy hal etish bo‘yicha o‘ziga xos tizim yaratilgan.

Bu o‘rinda aholining huquqiy madaniyatini oshirish, amaldagi va yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka tushuntirish borasida barcha davlat tashkilotlari, shu jumladan sud organlari tomonidan ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudi raisi F.Choriyev tomonidan tuman hududidagi, ayniqsa kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda huquqiy muammolarni o‘rganish va tizimli hal etish yuzasidan sayyor uchrashuvlar va ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Uchrashuvlar davomida aholining turli xil muammolari eshitilib, ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, aholining huquqiy ong va madaniyatini oshirish maqsadida ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarilib, mamlakatimizda olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar haqida ma’lumot berilmoqda. “Mening mahallam – mening sudyam” shiori ostida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar fuqarolarning sud organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlayotir.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Chorshanbe mahalla fuqarolar yig‘inida ana shunday sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 51 nafar mahalla fuqarolari, xususan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlar qabul qilindi. Savol-javobga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda sud raisi F.Choriyev tomonidan fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi.

Shundan so‘ng, Shahrisabz tuman IIB probatsiya guruhida hisobda turib, jazo o‘tab kelayotgan bir nechta mahkumlar qilmishlariga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, axloqan tuzalish yo‘liga o‘tganligi sababli jazodan shartli ravishda ozod qilindi.

O‘lmas Barotov, O‘zA