Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahkumlar ishlab chiqargan mahsulotlar yarmarkasi o‘tkazildi
14:52 / 2023-04-27

Jazoni ijro etish koloniyalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etildi.

Navoiy viloyatidagi 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasi saf maydonida mahkumlar tomonidan tayyorlangan yog‘ochga ishlov berib ishlangan hunarmandchilik namunalari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari uchun mebellar jamlanmasi, pishgan g‘isht, temir-beton plitalar, ohak, teri, poyabzal, to‘quvchilik, tikuvchilik va boshqa mahsulotlar namoyish etildi.  

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsmani)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili, prokuratura, IIV jazoni ijro etish departamenti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda hududiy tadbirkorlar ham ishtirok etdi.  

Ular ko‘rgazmaga qo‘yilgan namunalar, jumladan, charm, to‘quvchilik hamda qurilish mahsulotlariga katta qiziqish bildirdi va ko‘plab shartnomalar imzolandi.  

Ahamiyatlisi, yuridik shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridan mahsulotlarni tender savdolarisiz sotib olishi mumkin.  

Ushbu tadbir Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakilining jazoni ijro etish muassasalariga amalga oshirgan monitoringlardan kelib chiqib, bergan tavsiyasiga asosan tashkil etildi.  

N.Abduraimova, O‘zA