Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mahalliylashtirish ko‘lami kengaymoqda
20:46 / 2015-05-05

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

“Vesta Electric” xorijiy korxonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish iqtisodiyotni yanada barqaror rivojlantirish, uning tashqi omillarga bog‘liqligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayoniga yangi va samarali texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Shu bois mamlakatimizda mahalliylashtirish sanoatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan keng foydalanish hamda zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishni ta’minlamoqda.

2010-2014-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalar tomonidan qiymati 46 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. O‘tgan davrda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2,3 barobar o‘sdi.

Alyuminiy va PVX profilli eshik hamda romlar uchun aksessuar va butlovchi qismlar tayyorlaydigan “Technology De Lavenir” mas’uliyati cheklangan jamiyati, elektrotexnika mahsulotlari, jumladan, energiya tejaydigan lampalar ishlab chiqaradigan “Vesta Electric” xorijiy korxonasi va “Plastic Modernity” qo‘shma korxonasi importni qisqartirish jarayonida ishtirok etayotgan korxonalar jumlasidandir.

Davra suhbati ishtirokchilari ushbu korxonalar faoliyati, ulardagi ishlab chiqarish texnologiyalari va mahsulotlar bilan tanishdi. Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish, biznesni yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish maqsadida tizimli va izchil islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Davra suhbatida sohaga doir me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.